SIYOSIY DISKURSDA EVFEMIZMLAR VA NUTQ ETIKASI
Kalit so‘zlar:
siyosiy diskurs, evfemizm, nutq etikasi, siyosiy nutq, lingvopragmatika, diskursiv tahlil, ingliz va o‘zbek siyosiy diskursi.Abstrak
Bu maqolada siyosiy diskursdagi evfemizmlarning nutq etikasi bilan bog‘liq funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda evfemizmlar siyosiy muloqot jarayonida auditoriyani ranjitmaslik, ijtimoiy muvozanatni saqlash hamda etik me’yorlarga rioya etish vositasi sifatida qanday qo‘llanishi yoritiladi. Tadqiqot umumiy siyosiy diskurs materiallari asosida olib borilib, ingliz va o‘zbek siyosiy nutqlarida keng qo‘llaniladigan evfemistik birliklar diskursiv va lingvopragmatik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy metoddan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, evfemizmlar siyosiy diskursda nutq etikasi talablarini ta’minlash bilan birga, ayrim holatlarda real vaziyatni yumshatib ko‘rsatish yoki mas’uliyatni bilvosita ifodalash orqali manipulyativ xususiyat ham kasb etishi mumkin. Maqolada evfemizmlarning nutq etikasi doirasidagi o‘rni ingliz va o‘zbek siyosiy diskursi misolida yoritiladi.
Havolalar
1. Fairclough N. Critical Discourse Analysis: The Critical Study of Language. – London: Longman, 1995. – 265 p. – P. 98–101.
2. Fowler R. Language in the News: Discourse and Ideology in the Press. – London: Routledge, 1991. – 254 p. – P. 67–70.
3. Heywood A. The Language of Politics. – Basingstoke: Palgrave Macmillan, 2007. – 318 p. – P. 112–114.
4. Rawson H. Euphemisms and Other Doubletalk. – New York: Crown Publishers, 1981. – 246 p. – P. 1–5.