"GLOBALLASHUV SHAROITIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KASBIY DEFORMATSIYA XUSUSIYATLARI VA PSIXIK SALOMATLIKNI TA’MINLASHNING INNOVATSION-AKMEOLOGIK MODELLARI.
Kalit so‘zlar:
: globallashuv, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, kasbiy deformatsiya, psixik salomatlik, innovatsion-akmeologik model, kasbiy rivojlanish, yetuklik davri, pedagogik faoliyat, emotsional charchash, psixologik barqarorlik, refleksiya, pedagog shaxsiAbstrak
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasbiy deformatsiya xususiyatlari hamda ularning psixik salomatligini ta’minlash muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayniqsa yetuklik davridagi o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati jarayonida yuzaga keladigan psixologik zo‘riqish, emotsional charchash, stereotip fikrlash va kasbiy motivatsiyaning pasayishi kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, globallashuv jarayonining ta’lim tizimiga ta’siri, pedagog shaxsiga qo‘yilayotgan yangi talablar va bu jarayonda o‘qituvchining psixologik barqarorligini saqlash zarurati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining psixik salomatligini mustahkamlashga qaratilgan innovatsion-akmeologik yondashuvlar, kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi modellarning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarda kasbiy deformatsiyani oldini olish, ularning psixologik farovonligini ta’minlash hamda kasbiy yetuklikni rivojlantirish uchun akmeologik rivojlanish modeli, psixologik treninglar, refleksiv faoliyat va innovtsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Havolalar
1. Razikova L.T Kasbiy pedagogika - 2022
2. Avazbekova G.A. Pedagogikani kasbiy deformatsiyalarini oldini olish va korreksiyalash yollari - Toshkent 2025
3. Гребенкина Л.К педогагические образование Рязань: Изд- во РГПУ 2000
4. Saidova P.M The impact of Professional- Pedagogical Deformation on teaching activities. 2025.