UMUMTA’LIM MAKTABIDA MUOMALA ME’YORLARINING BUZILISHI: PEDAGOGIK JAMOADA PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI SUSAYTIRUVCHI YASHIRIN OMIL VA UNI BARQARORLASHTIRISH YO‘LLARI
Kalit so‘zlar:
Muomala me’yorlari, psixologik xavfsizlik, pedagogik jamoa, ochiq muloqot, rahbarlik amaliyotlari, boshqaruviy shaffoflik, jarayon adolati.Abstrak
Mazkur maqolada umumta’lim maktabi pedagogik jamoasida muomala me’yorlarining buzilishi (gapni bo‘lish, kinoya, mensimaslik, e’tiborsiz qoldirish, muhokamadan chekinish kabi ko‘rinishlar) psixologik xavfsizlikni susaytiradigan yashirin boshqaruviy omil sifatida konseptual asoslanadi. Muomala me’yorlari buzilganda o‘qituvchilarda savol berish, muammo ko‘tarish, xatoni tan olish va fikr bildirish kabi shaxslararo tavakkal xulqlari kamayadi; natijada ochiq muloqot va hamkorlik zaiflashib, qarorlar sifati hamda ijro barqarorligiga salbiy ta’sir yuzaga kelishi mumkin. Maqolada mazkur bog‘liqlik mexanizm zanjiri orqali izohlanadi va maktab boshqaruvi doirasida muomala standartlarini me’yorlashtirish, konstruktiv teskari aloqa tartibini joriy etish, shaffof va izohli qaror amaliyotini kuchaytirish hamda muammo ko‘tarish kanallarini yo‘lga qo‘yish kabi tashkiliy mexanizmlar taklif etiladi.
Havolalar
1. Иванцова Е. В., Черных З. В. Нарушение норм речевого поведения как причина конфликтов в студенческой коммуникации // Вестник Томского государственного университета. Филология. 2016. №5(43). С. 31–44.
2. Кобенко Ю. В. Язык и среда: перспективы средового подхода в лингвистике // Томский журнал лингвистических и антропологических исследований. 2017. №2(16). С. 32–44.
3. Edmondson A. Psychological safety and learning behavior in work teams // Administrative Science Quarterly. 1999. Vol. 44(2). P. 350–383.
4. Cortina L. M., Magley V. J., Williams J. H., Langhout R. D. Incivility in the workplace: Incidence and impact // Journal of Occupational Health Psychology. 2001. Vol. 6(1). P. 64–80.
5. Shahid S., Din M. Fostering Psychological Safety in Teachers: The Role of School Leadership, Team Effectiveness, Organizational Culture // International Journal of Educational Leadership and Management. 2021.
6. Colquitt J. A. On the Dimensionality of Organizational Justice: A Construct Validation of a Measure // Journal of Applied Psychology. 2001. Vol. 86(3). P. 386–400.