PEDAGOGIK FAOLIYATDA INTUITIV QOBILIYATNING SHAKLLANISHI: MOTIVATSIYA, PROGNOZLASH VA IJODIY TAFAKKUR

Mualliflar

  • Baxrinova Munisa Xusniddinovna ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

intuitsiya, ijodiy matn, pedagogik faoliyat

Abstrak

Mazkur maqolada pedagogik faoliyat jarayonida intuitsiyani rivojlantirishning psixologik-pedagogik va kognitiv asoslari tahlil qilinadi. Intuitsiya shaxsning bilish faoliyatida muhim mexanizm sifatida talqin etilib, uning motivatsiya, prognozlash, tasavvur, xotira va ijodiy tafakkur bilan uzviy bog‘liqligi yoritiladi. Tadqiqotda intuitsiyaning pedagogik faoliyatdagi funksiyalari — regulyativ, kompensator, orientatsion, integrativ va prognoztik jihatlari ochib beriladi. Shuningdek, intuitiv va impulsiv qarorlar o‘rtasidagi farqlar asoslab beriladi. Maqolada ona tili ta’limida ijodiy matnlardan foydalanish orqali talabalarning intuitiv qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ijodiy matnlar talabalarda yaxlit idrok, estetik tanlov va kognitiv sintezni faollashtiruvchi samarali vosita sifatida baholanadi.

Muallif biografiyasi

  • Baxrinova Munisa Xusniddinovna
    Qarshi DU “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi doktaranti

Havolalar

1.Bodalyov A.A. Shaxs va muloqot. — Moskva: Pedagogika, 1983.

2.Brushlinskiy A.V. Tafakkur psixologiyasi. — Moskva: Pedagogika, 1996.

3.Gilmanov S.A. Pedagog kasbiy faoliyatida intuitsiya. — Qozon, 2008.

4.Heckhausen H. Motivatsiya va faoliyat. — Sankt-Peterburg: Piter, 2003.

5.Juraev R.X. Pedagogik tafakkur va ijod. — Toshkent: O‘qituvchi, 2010.

6.Nodirova Z.P. Ijodiy faoliyatda intuitsiyaning psixologik asoslari. — Toshkent: Fan, 2015.

7.Regush L.A. Shaxs faoliyatida intuitsiya va prognozlash. — Sankt-Peterburg: Piter, 2003.

8.Shchetinin M.P. Ijod pedagogikasi. — Moskva: Xalq ta’limi, 2001.

9.Vygotskiy L.S. Bolalik yoshida tasavvur va ijod. — Moskva: Prosveshcheniye, 1991.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-03-24