“GLOBALLASHUV SHAROITIDA”. “MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA XAVOTIRLANISH HOLATLARINI O‘YIN TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA PSIXOKORREKSIYA QILISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI”.
Kalit so‘zlar:
globallashuv, maktabgacha ta’lim, psixik salomatlik, xavotirlanish, psixokorreksiya, o‘yin texnologiyalari, emotsional rivojlanish, psixologik-pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar, bolalar psixologiyasi, psixologik farovonlik, ijtimoiylashuv, psixodiagnostika, korreksion ishlarAbstrak
Mazkur tadqiqot globallashuv sharoitida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda uchraydigan xavotirlanish holatlarini o‘rganish hamda ularni o‘yin texnologiyalari asosida psixokorreksiya qilishning ilmiy-nazariy asoslarini yoritishga qaratilgan. Globallashuv jarayonlari ta’lim tizimiga yangi talab va yondashuvlarni olib kirar ekan, bolalarning psixik salomatligini ta’minlash dolzarb muammolardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, maktabgacha yosh davrida emotsional beqarorlik va xavotirlanish holatlari shaxs rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Tadqiqotda xavotirlanishning psixologik mohiyati, uning kelib chiqish omillari hamda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘yin texnologiyalarining psixokorreksion imkoniyatlari, ularning bolalar emotsional holatiga ta’sir mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab beriladi. O‘yin faoliyatining erkinlik, motivatsiya va ijtimoiylashuvni ta’minlovchi xususiyatlari xavotirlanishni kamaytirishda samarali vosita sifatida ko‘rib chiqiladi.
Havolalar
5. E.G‘ .G‘oziev. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.
6. V.M. Karimova.Oila psixologiyasi– Toshkent: Fan va texnologiya, 2010.
7. Lev Vygotsky. Mind in Society. – Cambridge: Harvard University Press, 1978.
8. K.E. Bruscia. Defining Music Therapy. – Gilsum: Barcelona Publishers, 1998.