RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA O‘ZBEKISTON IQTISODIYTARMOQLARNI TRANSFORMATSIYA QILISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, iqtisodiy tarmoqlarAbstrak
Raqamli iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish
masalasi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish,
boshqaruv tizimlarini takomillashtirish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Ayniqsa, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi va moliya tizimida raqamli yechimlardan
foydalanish iqtisodiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston iqtisodiy tarmoqlarini
transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari, raqamli texnologiyalarning joriy etilish holati hamda
ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli transformatsiyani
jadallashtirishga ta’sir etuvchi iqtisodiy, tashkiliy va institutsional omillar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot
natijalari iqtisodiyot tarmoqlarida raqamlashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish va ularning
samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi
Havolalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston —
2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF–6079-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qarori
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni (2015-yil 9-dekabr).
4. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (2003-yil, yangi
tahrirlar bilan).