“ZAMONAVIY ONKOLOGIYADA AYRIM SARATON KASALLIKLARININGKELIB CHIQISHIDA GENETIK VA EPIGENETIK OMILLARNING O‘RNI:MOLEKULYAR MEXANIZMLAR TAHLILI”

Mualliflar

  • Guloyim Olimjonova Dilshodbek qizi ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

onkologiya, saraton, genetik omillar

Abstrak

Mazkur tezisda zamonaviy onkologiyada ayrim saraton kasalliklarining kelib
chiqishida genetik va epigenetik omillarning o‘rni hamda ularning molekulyar mexanizmlari tahlil
qilinadi. Tadqiqotda DNK mutatsiyalari, genlarning amplifikatsiyasi va delesiyalari, xromosomal qayta
tuzilishlar kabi genetik o‘zgarishlar bilan bir qatorda DNK metillanishi, gistonnarning modifikatsiyasi
va mikroRNKlar faoliyati kabi epigenetik jarayonlarning o‘sma rivojlanishidagi ahamiyati yoritiladi.
Onkogenez jarayonida hujayra siklining nazorati buzilishi, apoptoz mexanizmlarining susayishi va
signal uzatish yo‘llarining faollashuvi asosiy molekulyar omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
genetik va epigenetik o‘zgarishlarning o‘zaro ta’siri natijasida hujayra proliferatsiyasining nazoratsiz
kuchayishi va invaziv xususiyatlarning shakllanishi ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari
saraton kasalliklarini erta diagnostika qilish, individual yondashuv asosida davolash va maqsadli
terapiya usullarini takomillashtirish uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi

Muallif biografiyasi

  • Guloyim Olimjonova Dilshodbek qizi

    Andijon davlat universiteti, Kimyo kafedrasi doktoranti, Andijon, 170100, O'zbekiston

Havolalar

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-03-29