TEXNOGEN CHIQINDILAR ISHTIROKIDA OLINGAN PORTLANDSEMENTNING MUSTAHKAMLIGI VA STRUKTURAVIY XUSUSIYATLARI
Kalit so‘zlar:
filtr chiqindilari, portlandsement, mustahkamlikAbstrak
Ushbu tadqiqotda Surxondaryo viloyati asfalt zavodlari filtr tizimlaridan chiqqan texnogen chiqindilarni SEM II/A-I 32,5N markali portlandsement tarkibiga qo‘shimcha sifatida kiritish orqali olingan sementning xossalari o‘rganildi. Filtr chiqindilari 3,5–10% miqdorda klinkerga nisbatan qo‘shildi. Sinov namunalari GOST 197-(1,2,3)-2020 talablariga muvofiq tayyorlandi va 2, 7 hamda 28 sutkada siqilishga mustahkamligi o‘lchandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 5–7,5% qo‘shimcha miqdori optimal bo‘lib, 28 sutkada sement mustahkamligi oshgan. Chiqindilar yuqori dispersligi tufayli C–S–H gel zichroq hosil bo‘lib, betonning g‘ovakligi kamaydi. Ushbu yondashuv klinker sarfini qisqartirish, energiya tejamkorligini oshirish va ekologik yuklamani kamaytirishga imkon beradi. Olingan sement monolit va yig‘ma temir-beton konstruksiyalar, yo‘l qoplamalari va suv inshootlari uchun tavsiya etiladi.Havolalar
1. Qodirov R.А., Xodjamkulov S.Z. Portlandsement ishlab chiqarishda texnogen chiqindilardan
qo‘shimcha sifatida foydalanish va xususiyatlarini o‘rganish // Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar. – 2025. –
2-son. – B. 93–103.
2. Qodirov R.А., Xodjamkulov S.Z., Toshmamatov O.A. Study of the physical properties of
cement obtained based on asphalt plant filter waste // Universum: технические науки. – 28.04.2025. –
№ 35689. – B. 54–56. DOI: 10.32743/UniTech.2025.133.4.19879.
3. Qodirov R.A, Khodjamkulov S.Z, Shaymardanova M.A, Shamaev B.E, "Increasing the
Efficiency of Cement based on Asphalt Plant Filter Waste," International Journal of Engineering Trends
and Technology (IJETT), vol. 74, no. 2, pp. 215-222,
2026. Crossref, https://doi.org/10.14445/22315381/IJETT-V74I2P115.