INGLIZ VA O‘ZBEK HAJVIY ERTAKLARI TASNIFI MUAMMOLARI
Kalit so‘zlar:
hajviy ertaklar, folklor tasnifi, qiyosiy folklorshunoslikAbstrak
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek xalq og‘zaki ijodida hajviy ertaklarni tasniflash bilan bog‘liq nazariy va metodologik muammolar qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hajviy ertaklarning janr xususiyatlari, ularning maishiy ertak, latifa va satirik rivoyatlar bilan chegaradosh jihatlari yoritiladi. Ingliz va o‘zbek folklor an’analarida hajviylikka bo‘lgan yondashuvlar o‘rtasidagi farqlar aniqlanib, tasnifdagi terminologik nomuvofiqlik va mezonlarning bir xil emasligi asosiy muammo sifatida ko‘rsatib beriladi. Maqolada funksional, badiiy va ijtimoiy mezonlar uyg‘unligiga asoslangan yangi tasnif yondashuvi taklif etilib, uning qiyosiy folklorshunoslikdagi metodologik ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari hajviy ertaklarni mustaqil va ko‘p qatlamli folklor janri sifatida tizimli o‘rganish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladiHavolalar
1. Afzalov, M. (1972). Oʻzbek xalq ertaklari. Fan.
2. Bakhtin, M. M. (1984). Rabelais and his world (H. Iswolsky, Trans.). Indiana University Press.
(Original work published 1965)
3. Bascom, W. (1965). The forms of folklore: Prose narratives. Journal of American Folklore,
78(307), 3–20. https://doi.org/10.2307/538763
4. Dundes, A. (1980). Interpreting folklore. Indiana University Press.
5. Propp, V. Y. (1968). Morphology of the folktale (2nd ed., L. Scott, Trans.). University of Texas
Press. (Original work published 1928)
6. Sarimsakov, B. (1989). Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining janr xususiyatlari. Fan.
7. Thompson, S. (1955–1958). Motif-index of folk-literature (Rev. ed., Vols. 1–6). Indiana
University Press.
8. Tojiyev, Z. (2004). Oʻzbek folklorida kulgi va hajv. Oʻqituvchi.