INGLIZ TILIDA KAFOLAT NUTQIY AKTINING DISKURSIV VOQELANISHI
Kalit so‘zlar:
kafolat nutqiy akti, assertiv, komissivAbstrak
Mazkur maqolada ingliz tilida kafolat nutqiy aktining diskursiv voqelanishi tahlil qilinadi. Kafolat nutqiy akti so‘zlovchining o‘z bayonotiga nisbatan yuqori darajadagi javobgarlikni zimmasiga olishini hamda tinglovchida ishonch uyg‘otishni maqsad qilishini ifodalaydi. Ushbu nutqiy akt turli diskurs turlarida o‘ziga xos shakl va vositalar orqali namoyon bo‘ladi hamda har bir kontekstda alohida pragmatik vazifani bajaradi. Janr va kommunikativ vaziyatga qarab uning lingvistik ifodalanishi farqlansa-da, ichki illokutiv mazmunida ishonch bildirish va majburiyat olish semantikasi saqlanib qoladi. Maqolada ingliz tilidagi kafolat nutqiy akti badiiy matn, dialog, siyosiy hamda reklama va marketing diskurslari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari tilshunoslikda komissiv nutqiy aktlarning pragmatik xususiyatlarini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.Havolalar
1. Paterson L. What Is a Threat? // Ergo: An Open Access Journal of Philosophy. – 2023. –
Vol.9, No.39. – P.1123-1158
2. Ferrero L. Conditional Intentions. – Noûs, 2009. №43(4), 700-741
3. Helm Bennett W. Trust as a Reactive Attitude. – Oxford Studies in Agency and
Responsibility, 2014. – P.187–215
4. Movie Sounds. Quotes with Sound Clips from The Matrix. – URL: https://moviesounds.org/sci-fi-movie-samples/quotes-with-sound-clips-from-the-matrix/morning-did-you-sleepyou-will-tonight-i-guarantee-it
5. Biden J.R. Jr. Inaugural Address by President Joseph R. Biden, Jr. – 20 Jan. 2021. URL:
6. Taylor A. R. You’re Gonna Like the Way You Look, I Guarantee It! The Way I See It. –
2017. – 28 Feb. – URL: https://andyrtaylor.com/2017/02/28/youre-gonna-like-the-way-you-look-iguarantee-it/
7. Bay Money Back Guarantee Policy. URL: https://www.ebay.com/help/policies/ebay-moneyback-guarantee-policy/ebay-money-back-guarantee-policy?id=42 10