TIL TIZIMIDA SHAXS OMILI XUSUSIDA
Kalit so‘zlar:
til tizimi, shaxs omili, antropotsentrik paradigmaAbstrak
Mazkur maqolada til tizimida shaxs omilining o‘rni va ahamiyati zamonaviy tilshunoslik paradigmalari doirasida tadqiq etiladi. Tadqiqotda tilning murakkab ijtimoiy, kognitiv va madaniy hodisa sifatidagi mohiyati antropotsentrik yondashuv asosida yoritiladi. Til tizimining shaxs bilan uzviy bog‘liqligi lingvistik semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, pragmalingvistika va lingvokulturologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Maqolada til paradigmalari evolyutsiyasi, xususan, qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik paradigmalarning o‘zaro munosabati ochib beriladi. N. Xomskiy, V. fon Gumboldt, Y. S. Stepanov, N. Mahmudov kabi olimlarning nazariy qarashlari asosida tilning shaxs ongida shakllanishi, nutq faoliyatida namoyon bo‘lishi va madaniy kodlarni aks ettirish xususiyatlari asoslanadi. Tadqiqot natijalari til tizimini inson omilidan ajratgan holda o‘rganish cheklanganligini, antropotsentrik yondashuv esa tilning mohiyatini yanada chuqurroq ochib berishini ko‘rsatadi. Maqola zamonaviy lingvistik tadqiqotlar uchun nazariy-metodologik ahamiyat kasb etadiHavolalar
1. Chоmsky N. Syntаctiс Structurеs. – Thе Hаguе: Mоutоn, 1957. (Переиздание: Chоmsky N.
Syntаctiс Structurеs. – Dе Gruytеr Mоutоn, 2002. – ISBN 3-11-017279-8.).
2. Chеyf U «Idiоmаticity аs аn Аnоmаly in thе Chоmskyаn Pаrаdigm». Fоundаtiоns оf
Lаnguаgе 4.109-127. 1968.
3. Мамудов Н. Тил сиёсати ва сиёсат тили / Тил тилсими тадқиқи. Рисола. – Тошкент:
MUMTОZ SО‘Z, 2017.
4. Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. – Тошкент: Ғафур Ғулом НМИУ, 2012.
5. Миртожиев М., Маҳмудов Н. Тил ва маданият. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992.
6. Маматов А. Ўзбек тили фразеологияси. – Тошкент, 2019.
7. Mаmаtоv А. Zаmоnаviy lingivistikа. – Tоshkеnt: Nоshir, 2019.
8. Mаматов А. Ўзбек тили фразеологизмларининг шаклланиши масалалари: Филол. фан.
номз. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2000.