BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA “PJT (Professional Jismoniy Tarbiya)” MOBIL ILOVASIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI

Mualliflar

  • Saidg‘aniyev Saidaxmad Oybek o‘g‘li ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, mobil ta’lim, kasbiy-amaliy tayyorgarlik

Abstrak

Raqamli pedagogika sharoitida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida nazariy tayyorgarlikni kasbiy-amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish dolzarb vazifaga aylanmoqda. An’anaviy auditoriya mashg‘ulotlari talabalarning individual o‘quv ehtiyojlarini to‘liq qamrab ololmasligi, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashda vaqt va resurslar bilan bog‘liq cheklovlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli mobil ta’lim vositalaridan foydalanish bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali muqobil mexanizm sifatida qaralmoqda. Mazkur ishda jismoniy tarbiya yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan “PJT (Professional Jismoniy Tarbiya)” mobil ilovasining didaktik imkoniyatlari va uni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning pedagogik asoslari yoritiladi. Ilova nazariy materiallarni tizimli o‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish va natijalarni monitoring qilishni bir muhitda uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. Raqamli muhitda ta’limni shaxsga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va refleksiya mexanizmlarini faollashtirish imkoniyatlari talabalarning o‘qishga motivatsiyasini kuchaytiradi. Tadqiqot natijalari mobil ilovadan foydalanish bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining metodik savodxonligi, kasbiy-amaliy tayyorgarligi hamda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi

Muallif biografiyasi

  • Saidg‘aniyev Saidaxmad Oybek o‘g‘li
    Andijon davlat pedagogika instituti doktoranti.

Havolalar

1. Sultanova N. Y. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi: o‘quv qo‘llanma. Buxoro:

Durdona, 2023.

2. Vega-Ramírez L., Olmedilla Notario R., Ávalos-Ramos M. A. The relevance of mobile

applications in the learning of physical education // Education Sciences, 2020.

3. Martín-Rodríguez A. Technology-enhanced pedagogy in physical education // (review

article), 2025

4. Yuliani Tjitroharjo, Soni Nopembri, Erwin Setyo Kriswanto. The challenge of implementing

mobile learning in physical education: a comprehensive literature review, 2024.

5. Gil-Espinosa F. J., Smartphone applications for physical activity promotion // PMC, 2022.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-03-24